This scientific article examines the USA, Great Britain, Australian and German models of improving management efficiency in local government bodies and evaluating their performance. As a result of the research, a new system for improving the management efficiency of local state authorities in Uzbekistan and evaluating their activities was proposed.
Ushbu ilmiy tezisda mahalliy davlat hokimiyati organlari boshqaruv faoliyatini raqamli taransformatsiyalashning afzalliklari va o‘ziga xos jihatlari yoritilgan.
Artificial Intelligence in Education (AIED) is rapidly evolving, offering innovative possibilities to transform the way we approach learning and teaching. While AIED initially focused on automating traditional educational practices, its potential extends far beyond that. This review paper explores how AIED can offer more than mere automation and why it is crucial to consider its role in supporting collaborative learning, student forum monitoring, continuous assessment, AI learning companions, AI teaching assistants, and as a research tool to enhance the learning sciences. By examining these facets, we aim to shed light on the exciting opportunities that AIED can bring to education while acknowledging the complex challenges and ethical considerations involved.
Mazkur maqolada ochiq manbali nutqni tanib olish texnologiyalari tahlili keltirilib, unda ularning foydalanish imkoniyatlari baholangan va ushbu tadqiqot doirasidagi tahlillar nutqni aniqlash tizimlarining kelajagini shakllantirishda ochiq manbali tizimlar ta'siri yoritilgan.
Hozirgi vaqtda turli xil tasvirga olish qurilmalaridan olingan raqamli tasvirlar soni keskin oshib bormoqda. Ayrim hollarda ushbu tasvirlar tasvirga olish, qayta ishlash, siqish, saqlash, uzatish va ko’paytirish jarayonida turli shovqinlardan ta’sirlanib, sifatsiz holatga kelishi mumkin. Shovqin tasvirdagi ma’lumotlarning sifatini buzadigan tasodifiy o’zgarishlarni ifodalaydi va tasvirdan muhim ma’lumotlarni olishga to’sqinlik qiladi. Bu o’z navbatida, tasvirda uchraydigan asosiy shovqin turlarini o’rganish tasvirlash sohasida dolzarb ekanligini ko’rsatadi. Mazkur tadqiqot ishi Gauss, tuz va qalampir, uniform, Puasson, spekl, rayleigh va risian kabi shovqin turlarini o’rganishga bag’ishlangan.
Axborotni qabul qilish va uzatishda tasvirlarning ahamiyati, ayniqsa tibbiyot va qishloq xo’jaligi kabi sohalarda tengsizdir. Ayrim hollarda, turli omillar sabab olingan tasvirlar sifat talablariga javob bermasligi mumkin. Kontrast, tiniqlik, yorqinlik va shovqin tasvir sifatiga ta’sir qiluvchi muhim parametrlar hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishida tasvirlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan kontrast muhokama qilingan. Ya’ni, tasvir kontrastini etalonsiz baholovchi mezonlar o’rganilgan.
Tadqiqot nutqni avtomatik tanib olish (NATO)ning nutqni avtomatik tanib olishning neyron tarmoqlariga bag‘ishlangan. O‘tkazilgan tajriba ma'lum test to‘plami tanlanmalaridan foydalanib, nutqni tanib olishda bir nechta ilovalar taqqoslangan. Ma'lumotlar to‘plami har bir tizim tomonidan Python dasturlash tili ilovalari yordamida tahlil qilindi, chiqish ma'lumotlari normallashtiriladi va WER standartiga muvofiq oldindan transkripsiya qilingan etalon ma'lumotlari bilan taqqoslanadi. Sinov natijalari tahlili o‘tkazilgan, nutqni avtomatik tanib olish tizimining samaradorligi uning elementlarini optimallashtirish va kerakli ma'lumotlar to‘plamidan foydalangan holda o‘qitishga bog‘liqligi to‘g‘risida xulosalar chiqarilgan.
Shaxsni tanib olish biometrik texnologiyalari kirish-chiqishni nazorat qilish, bank, ichki ishlar, ta’lim kabi sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Amaliyotda esa barmoq izi, yuz tasviri, ko‘z qorachig‘i, kaft va qon tomirlariga asoslangan tanib olish tizimlari keng joriy etilgan. Ishonchli va arzon biometrik tizimlarga bo‘lgan talablar kun sayin ortib bormoqda. Biometrkani har bir yo‘nalishi qo‘llanish sohasiga ko‘ra o‘ziga xos yutuq va kamchiliklarga ega. Hozirgi kunda kaft tasviri asosida shaxsni identifikatsiyalash zamonaviy vositalar hisobiga tez rivojlanmoqda. Bunga undan foydalanish sodda va qulayligi, emotsional betarafligi, faqat kamerani talab qilishi kabilar sabab bo‘lmoqda.
Mazkur maqola kaft tasviri bo‘yicha shaxsni identifikatsiyalash vositalari tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kaft tasvirini onlayn olish qurilmalari, ularni yutuq va kamchiliklari, qulayliklari keltirib o‘tilgan.
Maqolada sun’iy intellektdan ta'limni boshqarishda foydalanish afzalliklari ko’rib chiqilgan bo’lib, unda sun’iy intellektdan foydalanib talabalar faolligi, ularni bilim va ko’nikmalarini oshirish, ta’lim olishni individuallashtirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ta'lim boshqaruvini yaxshilash muammolari yechimlari bayon etilgan.